Kredit Qanday Ishlaydi?

Har oylik to'lovning ichida nima bor? Qanchasi asosiy qarz, qanchasi bank daromadi?

Hojiakbar Barotov 2026 · 18-Aprel

Iste'mol krediti nima?

Iste'mol krediti (consumer loan) — bank yoki moliya muassasasi tomonidan jismoniy shaxsga ma'lum muddat va foiz stavkasida beriladigan qarz. Avtomobil, maishiy texnika, ta'lim, yoki shunchaki naqd pul — maqsad har xil bo'lishi mumkin, lekin mexanizm bir xil.

Kredit uchta asosiy parametrdan iborat: asosiy qarz (siz olgan summa), foiz stavkasi (bank olayotgan haq), va muddat (to'lash davri). Shu uchta raqam sizning oylik to'lovingizni va jami qancha to'lashingizni belgilaydi.

O'zbekistonda iste'mol kreditlari asosan ikki sxema bo'yicha to'lanadi: annuitet va kamayvchi qoldiq. Ko'rinishda farqli, lekin ikkalasi ham bir xil natijaga olib keladi — bank o'z foizini oladi.

Annuitet to'lov

Annuitet (annuity) — har oy bir xil miqdorda to'lanadigan sxema. Birinchi oydan oxirgi oygacha to'lov o'zgarmaydi. Bu O'zbekistondagi eng keng tarqalgan kredit turi.

Lekin "bir xil to'lov" degani ichki tarkib ham bir xil degani emas. Dastlabki oylarida to'lovning katta qismi foiz, kichik qismi asosiy qarz. Vaqt o'tgan sari nisbat o'zgaradi — oxirgi oyga kelib deyarli hammasi asosiy qarz bo'ladi.

Oylik to'lov formulasi

M = P × r(1 + r)n / ((1 + r)n − 1)

P — asosiy qarz  ·  r — oylik foiz stavkasi (yillik / 12)  ·  n — oylar soni  ·  M — oylik to'lov

Quyidagi jadvalda slayderlarni o'zgartirib, har oylik to'lovning qanday taqsimlanishini ko'ring.

Oylik to'lov
Jami to'lov
Jami foiz
Oy Oylik to'lov Asosiy qarz Foiz Qoldiq

Kamayvchi qoldiq

Kamayvchi qoldiq (declining balance) sxemasida asosiy qarz har oy teng bo'laklarga bo'linib to'lanadi. Foiz esa har oy qolgan qarzga hisoblanadi — demak qoldiq kamaygan sari foiz ham kamayadi.

Natijada oylik to'lov har oy kamroq bo'ladi. Boshida to'lov annuitetga qaraganda yuqoriroq, lekin jami to'lanadigan foiz kamroq.

Oylik to'lov formulasi

Asosiy qarz qismi = P / n
Foiz qismi = Qoldiq × r
Oylik to'lov = Asosiy qarz qismi + Foiz qismi

P — asosiy qarz  ·  n — oylar soni  ·  r — oylik foiz stavkasi  ·  Qoldiq — o'sha oyga qolgan qarz

1-oy to'lovi
Jami to'lov
Jami foiz
Oy Oylik to'lov Asosiy qarz Foiz Qoldiq

Qaysi biri foydali?

Ikkala sxema ham bir xil asosiy qarz, foiz stavkasi, va muddatda turli natija beradi. Asosiy farq — jami to'lanadigan foiz miqdori va oylik to'lovning o'zgarish tarzida.

Annuitet
Kamayvchi qoldiq

Oylik to'lov bir xil. Byudjetni rejalashtirish oson.

Oylik to'lov kamayib boradi. Boshida og'irroq.

Jami foiz ko'proq. Bank uchun qulay.

Jami foiz kamroq. Qarz oluvchi uchun qulay.

O'zbekistonda keng tarqalgan.

Ko'proq ipoteka va korporativ kreditlarda uchraydi.

Agar oylik to'lov barqarorligi muhim bo'lsa — annuitet. Agar jami xarajatni kamaytirmoqchi bo'lsangiz va boshida ko'proq to'lashga imkoningiz bo'lsa — kamayvchi qoldiq.

Lekin amalda ko'pchilik bank annuitetni taklif qiladi, chunki u bankka ko'proq foiz keltiradi. Siz so'ramasangiz, kamayvchi qoldiqni taklif qilishmaydi.

Kredit shartnomasini imzolashdan oldin jami to'lanadigan summani so'rang — oylik to'lovni emas.